2016 yil 1 iyunda Şveytsariyada Gotard temir yöl tunneli oçilişi bölib ötadi.

Tunnel Şveytsariya Alplaridagi Sen-Gotard toğ massivi (balandlik 2,1 km) ostidan oçilgan. Bu tunnelni quriş ğoyasi 1947 yildayoq paydo bölgan, loyihaning birinçi varianti esa 1962 yilda yaratilgan. Dastlab tunnelning uzunligi 45 km ni taşkil qilişi kerak edi.

Tunnelni quriş uçun 20 yil ketdi. Birinçi skvajinalarni burğilaş 1993 yilda, tayyorgarçilik işlari 1996 yilda, asosiy işlar 2001 yilda, tuproqning olinişi 2003 yilda boşlangan. Tunnelni quriş uçun 12 mlrd dollar sarflandi.

Gotard tunneli dunyodagi eng uzun tunnel böladi, uning uzunligi 57 km ni taşkil qiladi. Hozirgaça eng uzun tunnel Yaponiyadagi Seykan tunneli (53,85 km) hisoblanardi. 2-örinda Buyuk Britaniya va Fransiyani boğlovçi Yevrotonnel (51 km) turardi, eng çuqur tunnel esa Norvegiyada Eyksunn tunneli (287 m) hisoblanardi.

Quyidagi dunyodagi eng uzun va çuqur 5 ta tunneli haqida qisqaça ma'lumot keltirilgan.

1. Gotard tunneli (Şveytsariya)


Tunnel içki diametri 8,2 metrli bir yönalişli parallel ikkita tunneldan iborat. Ğarbiy tunnelning uzunligi 56,9 km, şarqiyniki — 57 km. Tunnelning xizmat va yölovçilar yurişi uçun möljallangan yölaklari bilan umumiy uzunligi 153,4 km ni taşkil qiladi. Trassa minimal sondagi kötarilişlar, tuşişlar va keskin burilişlarsiz loyihalangan. Bu poyezdlarga 250 km/soat tezlik bilan yurişga imkon beradi. Tunnel içida ikkita köp vazifali temir yöl stansiyasi mavjud bölib, ular avariya, tarkiblarni almaştiriş vaqtida işlatilişi mumkin. Tunnel böylab yuriş vaqti 20 daqiqani taşkil qiladi. 

Bu tunnel çuqurlik böyiça ham rekord körsatkiçga ega. Uning ba'zi joylarini toğ yuzasidan 1,6 km lik masofa ajratib turadi. Tunnel toğ daryolari va hattoki gidroelektrostansiyalar tagidan ötadi.

1 iyunda tunnel orqali birinçi poyezdlar ötadi, 2017 yil yanvardan esa töliq foydalanişga kiritiladi.
Tunnel Alp toği hududida havoning ifloslanişi darajasini kamaytirişga yordam beradi va yöllarda tirbandlik keltirib çiqaruvçi yuk transporti muammosini hal qiladi. Kuniga tunnel böylab 200-250 ta yölovçi va yuk poyezdi ötadi. 

2. Seykan tunneli (Yaponiya)