Fransiya Misrga birinçi "Mistral" vertolyot taşuvçi kemasini 2 iyunda topşiradi, deb xabar bermoqda Paris Normandie.

Ta'kidlanişiça, Misrga mamlakatning ikkinçi prezidenti  Jamol Abdulnasr nomini olgan ikkita kemadan birinçisini topşiriş marosimi Sen-Nazer portida Fransiya mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian iştirokida ötadi.

Uşbu jarayonga yaqin manba ma'lumotlariga köra, bir neça kundan keyin kema 180 nafar misrlik dengizçilar bilan portni tark etadi.  

Ikkinçi kema esa Misr davlat arbobi, Misrning sobiq prezidenti marşal Anvar Saodat nomi bilan ataladi.

Ta'kidlanişiça, kema 700 nafargaça qöşin, vertolyot, harbiy katerlar, tank va 60 tagaça avtomobilni siğdira oladi.

Misrga topşirilayotgan kemalar dastlab Rossiyaga möljallangan bölgan. Rossiya Fransiyaga kemalar uçun 2011 yilda buyurtma bergan edi, biroq 2014 yilda Parij Ukrainadagi vaziyat sababli Rossiyaga kemalarni berişni töxtatib qöygandi. 2015 yil avgustda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan kemalarni quriş va yetkazib beriş böyiça şartnomani bekor qiliş va Rossiyaga tölangan pulni qoplab beriş böyiça qaror qabul qilişgan.