Yevro-2016 mezboni Fransiya terma jamoasining turnir uçun yakuniy tarkibi ma'lum qilindi.

Yevropa çempionatini jarohat tufayli Jyeremi Mate («Barselona») va Rafael Varan («Real») ötkazib yuboradi. Ularning örni Samyuel Umtiti («Lion») va Odil Rami («Sevilya») bilan töldirilgan.

Qolgan vaqt davomida jarohat olganlar örniga ham kengaytirilgan tarkibdagi futbolçilar jalb etiladi.

Deşamning turnir uçun tuzgan tarkibi quyidagiça:

Darvozabonlar: Ugo Loris («Tottenhem»), Stiv Mandanda («Marsel»), Benua Kostil («Renn»).

Himoyaçilar: Lyuk Din («Roma»), Patris Evra («Yuventus»), Loran Koselni («Arsenal»), Kristof Jalle, Samyuel Umtiti (ikkisi – «Lion»), Odil Rami («Sevilya»), Bakari Sanya, Eliakim Mangalya (ikkisi – «Mançester Siti»).

Yarim himoyaçilar: Yoan Kabay («Kristal Pelas»), Lassana Diarra («Marsel»), Blez Matyuidi («PSJ»), Pol Pogba («Yuventus»), Ngolo Kante («Lester»), Mussa Sissoko («Nyukasl»).

Hujumçilar: Andre-Per Jinyak («Tigres»), Dimitri Payye («Vest Hem»), Olive Jiru («Arsenal»), Antuan Grizmann («Atletiko»), Kingsli Koman («Bavariya»), Antoni Marsiyal («Mançester Yunayted»).

Yevro-2016 guruh bosqiçida Fransiya milliy terma jamoasi Ruminiya, Albaniya va Şveytsariyaga qarşi öynaydi.