Germaniya hukumati Airbus Group SE konsernidagi 11 foizli uluşini sotişni rejalaştirmayapti. Bu haqida Reuters agentligiga iqtisodiy blokdagi mansabdor şaxs hamda Adliya vazirligining sobiq rahbari Brigitta Tsipris ma'lum qildi. 

Tsiprisning sözlariga köra, nemis hukumati avval aerokosmik kompaniyadagi uluşini sotişni közlagandi, ammo korxona ustidan nazoratni saqlab qoliş maqsadida uni qoldirişga qaror qilişdi. 

"Biz Airbus'da rol öynaşi mumkin bölgan mamlakat bölib qolişni hamda bu Yevropa kompaniyasini aynan Yevropa kompaniyasi sifatida mustahkamlaşni istaymiz",- ta'kidladi Tsipris Berlin aviaşousida.