Instagram ijtimoiy tarmoği har doimgidek özbek şou biznes vakillarining faolligi bilan "tölib-toşgan". Ulardan ayrimlari e'tiborimizni tortdi
Nigina Anarboyeva bolajonlarni bayram bilan tabrikladi
Aktrisa Nigina Anarboyeva bugun 1 iyun bolalar kuni munosabati bilan instagramdagi sahifasiga özining bolalikdagi suratini joylaştirdi. Surat ostiga jamiki bolakaylarni bayram bilan tabriklab, özi dil izhorlarini yozib qoldirdi. Uşbu suratda aktrisa 1 yoşda.
Yigitali Mamajonov egizaklarini bayram bilan tabrikladi
Aktyor Yigitali Mamajonov instagramdagi sahifasida egizak farzandlarining suratini joylaştirib, ularni 1 iyun - bolalar kuni bilan tabrikladi.
Surat ostida aktyor öz samimiy tilaklarini: “Bolajonlarimizni bayrami bilan çin dildan tabriklayman. Kiçkintoylarimiz doimo soğ-salomat, imon-e'tiqodli, yuzlari yoruğ, ibratli farzand bölişini Allohdan sörab qolaman. Kelajakda farzandlarni baxtu kamolini köriş barça ota-onalarga nasib qilsin” tarzida yozib qoldirgan.
Munisa Rizayevaning sahifasi gullar va şirinliklar bilan tölib bormoqda
Oxirgi paytlarda Munisa Rizayevaga kim tomonidan uyuştirilayotganini bilmadig-u, lekin tez-tez gullar, şirinlikar va boşqa esdalik sovğalari taqdim etilmoqda. Ehtimol, bu xonandaning oxirgi konsertida köriniş bergan va muxlislar tomonidan Munisaning turmuşga çiqişi taxmin qilinayotgan yigit tomonidan uyuştirilayotgandir? Nima bölganda ham taqdim etilayotgan sovğalar muhrlangan suratlar ostida xonandaning baxtli va yaxşi kayfiyatda ekanligini payqaş muşkul emas.
Feruza Normatova “noma'lum sehrgar”ni çuv tuşirdi
Akrisa Feruza Normatova instagramdagi sahifasida “skrinşot” tarzida olingan bir suratni joylaştirib, muxlislarini lol qoldirdi. Suratda aktrisaga özini madaniyat bilan taniştirmagan “janob sehrgar” telegramda bloklab qöyilgan.






