2015 yilning dekabrida NASA aerokosmik agentligi mitti sayyora hisoblanmiş Plutonning yaqin masofadan olingan öşa paytdagi eng yaxşi suratlarni körsatgan edi. Tasvir "Novyye gorizonty" ("Yangi ufqlar") kosmik apparatida olingan. Rasmlar kişilarni befarq qoldirmagan, albatta, lekin fotoset töliq emasdi. Yaqinda agentlik avvalgilaridan sifat jihatidan yaxşiroq suratlarga ega böldi.

"Hozirgi vaqtga qadar bu Pluton yuzasiga eng detallaştirilgan nigoh", - deya izohlaydi NASA agentligi.

Qulaylik uçun NASA olingan suratlarni videotasmada birlaştirdi. Fotosuratlarning töliq varianti agentlik saytida berilgan.

Olingan suratlarda sayyoraning tekis yuzasi tasvirlangan, uning toğ tizmalari va muzli tekisliklari. Barça fotosuratlar "Novyye gorizonty" ("Yangi ufqlar") kosmik zondining bortida örnatilgan LORRI (Long Range Reconnaissance Imager) kamerasida muhrlangan.