AQŞlik geofiziklar ularning fikriça bir neça yuz yillar davomida sayyoramiz atmosferasi bilan ta'sirga kirmagan, Dunyo okeanining eng "bokira" suvlarini aniqlaşdi. Tadqiqot Nature Geoscience jurnalida çop etildi, u haqda qisqaça Vaşington universiteti saytida ma'lum qilingan.
Olimlarning aniqlaşiça, Janubiy Okeanda, Antarktidani har tomondan örab olgan 3 km lik çuqurlikdagi suv sayyoramizda inson faoliyati bunçalik ta'sirli bölmagan paytdan beri (global issiqlikkaça) yuzaga çiqmagan.

Geofiziklarning tuşuntirişiça, Dunyo okeanidagi suv juda tez va katta çuqurliklarda aralaşadi. Ayniqsa bu çuqurlikdagi suv yuzaga çiqib qiziydigan ekvatorial va şimoliy hududlarga xosdir.
Antarktida hududida GDAC (Global Data Centres) yordamida ötkazilgan tadqiqotning körsatişiça, sovuq çuqur suvlar global issiqlikni töxtatadi. Avvalroq olimlar öz iqlim modellarida bunday taxmindan foydalanişgan edi, biroq uning kölamining miqdoriy qiymatiga ega bölişmagan.







