Özbekiston prezidenti Islom Karimov 1 iyun kuni muborak Ramazon oyini munosib tarzda ötkaziş töğrisidagi qarorini imzoladi. Qaror matni ÖzA tomonidan e'lon qilingan.

Hujjatda Özbekiston musulmonlari idorasi axboroti asosida Ramazon oyi 6 iyunda kirib kelişi qayd etilgan.

Qarorda muqaddas Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bölgan insoniylik, ma'naviy poklik, şukronalik fazilatlarini, islom dini arkonlarini e'zozlaş, bugungi tinç va osuda hayotning qadriga yetiş, odamlarni özaro yaxşilik qilişga, ahil va hamjihat bölib yaşaşga da'vat qilişga qaratilgan keng kölamli savobli amallar va tarğibot işlarini taşkil alohida ta'kidlab ötilgan.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari «Nuroniy» jamğarmasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi va boşqa jamoat taşkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini joylarda milliy an'ana va qadriyatlar, urf-odatlarga mos va uyğun tarzda ötkaziş bilan boğliq çora-tadbirlarni amalga oşiriş haqida körsatma berilgan.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklariga «Nuroniy» jamğarmasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi va boşqa jamoat taşkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini joylarda milliy an'ana va qadriyatlar, urf-odatlarga mos va uyğun tarzda ötkaziş bilan boğliq çora-tadbirlarni amalga oşiriş vazifasi topşirildi.

Ramazon oyida ehtiyojmand kişilarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va özaro hurmat muhitini mustahkamlaş, muqaddas ziyoratgohlarni obodonlaştiriş böyiça tadbirlarni yanada kuçaytirişga alohida ahamiyat beriladi.

Ötgan yili Özbekistonda Ramazon oyi 18 iyunda boşlangandi.