Samarqand davlat universiteti nomlanişidan Alişer Navoiy nomi olib taşlandi. Endilikda SamDU "Samarqand davlat universiteti" deb nomlanadi, deb aytilmoqda Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 24 mayda qabul qilingan qarorida. Bu haqda lex.uz da ma'lum qilindi.
Bunday qarorning qabul qilinişi Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti oçilişi bilan boğlangan. Yangi oliy ta'lim muassasasi Özbekiston Prezidenti Islom Karimovning 13 maydagi farmoni bilan taşkil etildi.
SamDU tarixi 1927 yildan boşlanadi. Öşanda Samarqandda Özbek pedagogik instituti oçilgan. 1930 yilda ta'lim dargohi Özbek davlat pedagogika akademiyasiga qayta nomlangan. 1933 yilda akademiya va Özbek davlat tibbiyot instituti negizida Özbek davlat universiteti taşkil etilgan.
OTM ma'lumotlariga köra, Özbek davlat universiteti 1941-1944 yillarda Toşkent davlat universiteti bilan vaqtinçalik birlaştirilgan. 1944 yildan universitet öz faoliyatini yana Samarqandda davom ettirgan. 1960 yilda Özbek davlat universiteti Alişer Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetiga qayta özgartirilgan.







