Bugun, 31 may kuni Özbekiston milliy terma jamoasi va Qatarning "Al-Jaiş" klubi futbolçisi Sardor Raşidovning nikoh marosimi bölib ötdi. Bu haqda "Bunyodkor" klubi rasmiy tvitteri xabar tarqatdi.
"Sardor bugun Lazizaxon bilan nikohdan ötdi. Ayni paytda ularning töyi bölib ötmoqda", deyilgan xabarda.

Nikoh marosimi Jizzaxda bölib ötgan.
Sardor Raşidovning nikoh töyi marosimiga Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan, «Paxtakor» boş murabbiyi vazifasini bajaruvçi Grigoriy Kolosovskiy, milliy terma jamoa sardori Odil Ahmedov, şuningdek, Aleksandr Geynrix, Sanjar Tursunov, Jasur Hasanov, Ignatiy Nesterov singari bir qator terma jamoa futbolçilari ham taşrif buyurdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda töy marosimidan suratlar tarqalgan.








