Xitoy raisi Si Tszinpin 1 iyun kuni Şimoliy Koreyaning hukmron Mehnat partiyasi vakillari bilan uçraşdi, deb xabar qilmoqda «Sinxua» agentligi.

Xabarda uçraşuvning boşqa tafsilotlariga oydinlik kiritilmagan.

Reyter agentligining qayd etişiça, ayni vaqtda şimoliy koreyalik diplomat, sobiq taşqi işlar vaziri Li Su Yon Xitoyda bölib turibdi.

Uning Pekinga safari Şimoliy Koreyaning yanvar oyida ötkazgan va xalqaro hamjamiyat e'tiroziga sabab bölgan yadro sinovlaridan söng, yuqori lavozimli koreys mulozimining Xitoyga ilk taşrifi hisoblanadi.