31 may kuni Xorazm viloyat ma'muriy markazi Urganç şahrida «Kitob olami» tarmoğining navbatdagi kitob majmuasi oçiliş marosimi bölib ötdi.
Özbekiston matbuot va axborot agentligi matbuot xizmatining xabar qilişiça, oçiliş marosimida viloyat hokimi Pölat Bobojonov va agentlik boş direktori Amanulla Yunusov iştirok etdi.
550 kv. m maydonni egallagan dökonda 2000 dan ziyod nomdagi 25 mingdan ortiq kitob savdoga qöyilgan. Tarmoqning boşqa dökonlarida bölgani kabi bu yerda ham bolalar burçagi hamda kafe mavjud.
Xorazmdagi «Kitob olami» narxlar Özbekiston poytaxtidagi tarmoq dökonlari narxidan farq qilmaydi.
«Kitob olami»ning birinçi dökoni Toşkentda ötgan yilning noyabrida oçilgan edi. Aprel oyi oxiridan Nukus, Namangan, Farğona, Andijon va Samarqandda ham tarmoq dökonlari iş boşladi. Keyingi navbatda Buxoroda dökon oçilişi kutilmoqda.







