Microsoft korporatsiyasi smartfonlar va planşetlar işlab çiqaruvçi Xiaomi Xitoy kompaniyasi şeriklik bitimini imzoladi. Unga köra, Amerika kompaniyasi patentlarining bir qismini sotadi. Bu haqda Microsoft ma'lumotiga tayanib RIA Novosti xabar qildi.
Natijada Xiaomi özining Android smartfonlarida Google’dan Word, Outlook va Skype kabi dasturlarni örnatadi.
Bitim doirasida Xiaomi öz smartfon hamda şaxsiy kompyuterlarida Microsoft Office va Skype dasturlarini qayta örnatadi. “Natijada Xitoy, Hindiston va butun dunyo böylab foydalanuvçilar iş, hamkorlik va muloqot uçun yangi imkoniyatlarga ega böladi. Kompaniyalarning hamkorligi şuningdek, huquqlarni taqdim etiş böyiça kross-lisenzion va patent kelişuvini öz içiga oladi”, - deyiladi xabarda.







