Sirin Labs britan-isroil kompaniyasi kiber hujumlarga qarşi eng ilğor darajada himoya qilingan haşamatli flagmanni taqdim etdi. Işlab çiqaruvçilarning qayd etişiça, «aloqa xavfsizligi harbiy standartlari»ni joriy qilinişi yuqori darajali xavfsizlikni ta'minlaşda xizmat qiladi. 

Telefon qönğiroqlarini tinglaş va uşlab qoliş uçun qurilmaning orqa panelida 256 bitli AES-şifrlaş örnatilgan. Aynan şu yerda barmoq izlari skaneri ham joylaşgan. Saqlangan va yuborilgan hujjatlardagi yozuvlar himoyasi uçun  ixtisoslaştirilgan dasturiy ta'minot javob beradi.

Solarin deb nom olgan flagmanga 2560x1440 pikselga ega (kontrasti: 1500:1, yorqinligi: 600 kd/kv.m) 5.5-dyuymli IPS-displeyi va mustahkam egiluvçan himoyaga ega Corning Gorilla Glass 4 oynasi örnatilgan. Qurilma Qualcomm Snapdragon 810 8 yadroviy  çipseti bazasida işlaydi. U Adreno 430 grafikasi, 4 GB operativ va 128 GB içki xotiraga ega. Asosiy kamerada f/2.0 diafragmali  24 Mp moduli, optik barqarorlaştiriş, lazerli avtofokus va törtta çiroqli LED vspişkasi mavjud. Frontal ya'ni old kamerada esa f/2.4 diafragma va vspişkali 8 Mp sensori joylaşgan.  LTE, MU-MIMO, WiGig, Wi-Fi (802.11a/b/g/n/ac), Bluetooth 4.1, NFC, A-GPS, GLONASS, Beidou kabilarga ulaniş imkoniyati bor. USB 3.1 Type-C porti ham mavjud. Akkumulyator siğimi - 4000 mAç. 

Security Shield himoya tizimi bilan birga Android 5.1 OT boşqaruvi ostida işlaydi. Solarin korpusi IP54 standarti böyiça tayyorlangan bölib, flagman dizayni luxury toifasiga javob bera oladi. Kriptosmartfonning eng minimal qiymati - 13 800 dollar. Narxdan şuni bilsa böladiki, mazkur qurilma şaxsiy ma'lumotlar, yozişuv va qönğiroqlar maxfiyligini birinçi öringa qöyuvçilar uçun yaratilgan.