Muxlislar "Portu" va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Iker Kasilyasni irqçilikda gumon qilişmoqda. U öz jamoadoşi Suk Xyun Çunning Instagram ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida ehtiyotsizlik bilan fikr qoldirgan.
Janubiy Koreya terma jamoasi hujumçisi Ispaniya terma jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvi uçun yöl olgan samolyot bortida tuşirilgan suratni sahifasiga joylagan.
Kasilyas u yerda şunday deb yozgan: "Közingni oç". Bu orqali u osiyolik futbolçining taşqi körinişiga şama qilgan bölişi mumkin. Koreyalik futbolçi esa "Döstim, közim şundoq ham oçiq" deya javob qaytargan.
Ispaniya - Koreya uçraşuvi amaldagi Yevropa çempionlari bölmiş "qizil furiya"ning 6:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Kasilyas boşlanğiç tarkibda maydonga tuşdi va 74-daqiqada almaştirildi. Suk Xyun Çun öyinga ikkinçi bölimdan qöşildi.







