Light | 15:56 / 02.06.2016
9934
1 daqiqa o‘qiladi

Navbatdagi “internet bum”: Amerikalik ayol va uning bahaybat kaltakesagi

Amerikalik ayol va uning Argentina qizil tegusi turiga mansub o‘lkan kaltakesagi navbatdagi internet shov-shuviga sabab bo‘ldi. Bu haqda The Telegraph yozmoqda.

38 yoshli Ays va uning boyfrendi Skott (ularning familiyalari ma'lum qilinmagan) San-Diyegoda yashashadi. Bir necha yillar muqaddam ular g‘aroyib kalatakesak boqib olishadi va unga Makgayver deya nom berishadi. Gazetaning ma'lum qilishicha, Makgayver o‘zini itlardek tutadi.

Ays va Skott ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z kaltakesaklari haqida hikoya qilib borishadi.