Xalqaro olimlar guruhi "saratonga qarşi universal vaksina işlab çiqişga yaqin". Bu haqida Australian gazetasi xabar berdi.

Unga köra, işlab çiqilayotgan preparat barça saraton kasalliklariga nisbatan samarali böladi.

"Biz birinçi marotaba nanoparçalarni qöllab venaga yuboriladigan vaksinani yaratişga muvaffaq böldik", - dedi gazetaga bergan intervyusida ilmiy guruh rahbari, Ugur Saxin nomidagi saraton kasalliklarini örganuvçi Maynts universiteti direktori Ioann Gutenberg. 

Olimning xabar berişiça, preparat kasallikning oldini oluvçi emas, uni davolovçi xarakterga ega. Uning sözlariga köra, vaksina melanomaga çalingan siçqonlarda va bir neça kişilarda sinovdan ötkazilib, umidli natija berdi. Biroq  vaksinaning saratonga çalingan bemorlarga nisbatan ta'siriga doir sönggi natijalar taxminan bir yildan keyin ma'lum böladi. Bundan keyin tadqiqotçilar bemorlarda yanada keng miqyosli sinov ötkazişni rejalaştirişdi. Ugur Saxinning aytişiça, preparatni "taxminan beş yildan keyin" tibbiyotda qöllaş mumkin böladi.