Euro-2016 turniriga tayyorgarlik doirasida Rossiya terma jamoasi Avstriyaning Insburk şahrida Çexiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvi ötkazdi va 1:2 hisobida mağlub böldi.

Öyinning 6-daqiqasidayoq rossiyaliklar hujumçii Aleksandr Kokorin hisobni oçdi. Çexlar esa ikkinçi bölimni boşida hisobni tenglaştirdi, jamoa sardori Tomaş Rositski Gilermeni ozij qoldirdi. 90-daqiqada esa Moskvaning TsSKA jamoasi sobiq futbolçisi Tomaş Netsid ğalaba goliga mualliflik qildi.

Uşbu öyinda "Şalke" futbolçisi, Rossiya fuqaroligini qabul qilgan germaniyalik Roman Noyştedter debyut qildi. Leonid Slutskiy şogirdlari 5 iyun kuni Monakoda Serbiyaga qarşi yana bir örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşişadi.

Insbruk (Avstriya)
Örtoqlik uçraşuvi
Çexiya – Rossiya – 2:1 (0:1)
Gollar: Kokorin, 6 (0:1). Rositski, 49 (1:1). Netsid, 90 (2:1).
Çexiya: Çex, Gebreselassiye, Xubnik (Sivok, 46), Kadlets, Limberski (Kaderjabek, 64), Doçkal (Skalak, 41), Darida, Pavelka (Plaşil, 46), Rositski (Kolarj, 85), Kreyçi, Lafata (Netsid, 46).
Rossiya: Lodigin (Gilerme, 46), Smolnikov, Berezutskiy (Noyştedter, 64), Ignaşeviç, Torbinskiy (Kombarov, 64), Denisov, Şatov, Ivanov (Golovin, 64), Kokorin (Samedov, 64), Dzyuba (Mamayev, 46), Smolov.