Boks afsonasi Muhammad Ali nafas oliş a'zolaridagi muammo sababli şifoxonaga yotqazildi. Bu haqda TMZ portali xabar bermoqda.
74 yoşli sobiq boksçining oilasi Alining ahvoli qoniqarli ekanligini ma'lum qildi.
Parkinson kasalligidan aziyat çekuvçi boksçi oxirgi marta omma oldida aprelda köriniş berib, Arizona ştatidagi xayriya keçasiga taşrif buyurgandi.
Ali oilasining rasmiy vakili Bob Gannell sobiq sportçiga öpkasidagi muammolar sababli unça uzoq bölmagan vaqt şifoxonada ötkazişiga töğri kelişini aytdi.
"Alini uning şaxsiy şifokorlari jamoasi davolaydi. Uning ahvoli örtamiyona", deb ma'lum qildi Gannell. Gannell Ali oilasining OAV "şaxsiy hayot daxlsizligi huquqini hurmat qilişlari qat'iy söralgan" istagini yetkazib qöydi.
Sobiq boksçi oxirgi marta 2014 yil 20 dekabrda şifoxonaga yotqazilgandi. Öşanda uning siydik çiqariş yöllarida muammolar aniqlangandi.
Ali özining professional faoliyatida 61 ta jang ötkazib, 56 tasida zafar quçgan, 5 tasida mağlubiyatga uçragan. Uning nomi professional boksning ramziga aylangan, u öylab topgan "qöllar işlaydi, közlar köradi: kapalak kabi qanot qoqib, ari kabi çaq" taktik sxemasi hozirda ham qöllanib keladi. Ali, şuningdek, 1960 yilgi Olimpiya çempioni hisoblanadi, 1999 yilda "asr sportçisi" deb tan olingandi







