Ukraina va AQŞ örtasida Kiyevga 1 mlrd dollar miqdoridagi navbatdagi uçinçi tranş taqdim etilişi töğrisidagi kelişuv imzolandi. Bu haqda Ukraina Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatgan.
"3 iyun kuni AQŞ Ukrainaga 1 mlrd dollarlik kredit mablaği ajratişi töğrisida kelişuv imzolandi. Bu böyiça hujjatni Ukraina nomidan mamlakat moliya vaziri Aleksandr Danilyuk, AQŞ hukumati nomida elçi Jyeffri R.Payyett hamda USAID missiyasi vakili Joel Sandefur imzolagan", deyiladi xabarda.
May oyida AQŞning Ukrainaga 1 mlrd dollar miqdoridagi uçinçi tranşni ajratişi töğrisidagi reja AQŞ vitse-prezidenti Jozef Bayden tomonidan tasdiqlangandi.
Bu mablağlar poraxörlikka qarşi kuraşda tergov va sud jarayonlarini kuçaytiriş hamda mamlakatda Jahon valyuta fondi dasturlariga mos keluvçi soliq islohotlarini ötkazişda kafolat bölib xizmat qilişi ta'kidlanmoqda.







