2016 yilgi Amerika Kubogi musobaqasi AQŞda bölib ötadi. Bu safargi turnirning ötkazilişi Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMeBOL) taşkil topganining 100 yilligiga töğri kelmoqda. Şuningdek, bu ilk marta Janubiy Amerika materigidan taşqarida ötkazilayotgan Amerika Kubogidir.

Bugun boşlanadigan turnirda KONMeBOLning 10ta terma jamoasi hamda Şimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari konfederatsiyasining (KONKAKAF) 6 a'zosi (tarixda ilk marta, avvalgi turnirlarda köpi bilan 4ta terma jamoa taklif etilardi - tahririyat) qatnaşadi. Konfederatsiyaning 100 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan maxsus Amerika Kubogi-2016 ğolibi 2017 yili Rossiyada ötkaziladigan Konfederatsiyalar Kubogida iştirok eta olmaydi, Rossiyaga 2015 yilgi Amerika Kubogida ğolib çiqqan Çili terma jamoasi keladi.

Janubiy Amerika mamlakatlari örtasida futbol böyiça ilk turnir 1916 yili taşkil etilgandi. 1975 yildan buyon turnir 4 yilda 1 marta ötkaziladigan böldi.

Şu vaqtgaça Urugvay terma jamoasi bu turnirda eng köp marta ğolib bölgan (15 marta). Argentina bu safargi turnirda ğolib çiqiş orqali urugvayliklar bilan tenglaşib olişi mumkin böladi.

KONMeBOLNING 10 vakili: Argentina, Boliviya, Braziliya, Çili, Kolumbiya, Ekvador, Paragvay, Peru, Urugvay, Venesuela.
KONKAKAFning 6 vakili: AQŞ, Meksika, Kosta-Rika va Yamayka, Panama, Gaiti.

Guruh bosqiçi öyinlari AQŞning 9ta şahrida ötkaziladi: Foksboro, Ist-Ruterford, Filadelfiya, Çikago, Orlando, Xyuston, Glendeyl, Pasadin, Santa-Klara va Sietll.

Guruh bosqiçidan 1 va 2-örinlarni egallagan 8 jamoa keyingi bosqiçga yöl oladi. Çorak final bahslari 16-18 iyun kunlariga belgilangan. Turnir finali 26 iyun kuni Nyu-Jyersi ştatidagi Ist-Ruterford şahrining "Metlayf" stadionida ötkaziladi.