Amerikaning Arizona ştatiga unça katta bölmagan asteroid (meteoroid) quladi, deb xabar berdi NASA.
Undan jabr körganlar haqida ma'lumot yöq. Dametri uç metr atrofida bölgan hamda oğirligi bir neça ön tonna keladigan osmon jismi mahalliy vaqt bilan taxminan tonggi törtda Arizona ustidagi Yer atmosferasiga kirib keldi.
NASA ekspertlari hisobiga köra, meteoroid tezligi soatiga 64 ming kilometrni taşkil etgan. Osmon jismining kinetik energiyasi taxminan 10 kilotonna bölgan.
Obekt Tonto Milliy parki hududida 35 kilometr balandlikda portlab, mayda bölaklarga bölinib ketgan.
"Vayronagarçilik va jarohatlanganlar haqida heç qanday ma'lumotlar yöq. Şunçaki yoruğlik darajasi odatdagidan köproq bölgani va bir neça marotaba baland zarb tovuşlari eşitilgani haqida xabar qilindi", - dedi NASA xodimi,
Hantsvilldagi Marşal nomli kosmik parvozlar markazida meteoritlarni örganiş bölimidan Bill Kuk.
Portlend politsiyaçilari AQŞning şimoli-şarqidagi Men ştatida meteoritning qulaşini tasvirga tuşirişga muvaffaq bölişdi.







