“Andijon polkasi” mazkur kuyning muallifi - andijonlik Orif garmon nomi bilan elga tanilgan bastakor Orif Toşmatovdir. Jahonning ne-ne sahnalarida ijro etilib olqiş olayotgan raqsimizga katta e'tibor berilayotgani esa tahsinga loyiq.
Andijon viloyati hokimligi, madaniyat va sport işlari boşqarmasi hamda «Kamolot» YoIH bu ölmas kuy va raqs umrini uzaytiriş, yoşlarni milliy qadriyatlarga sodiq tarbiyalaş maqsadida «Yoşlar öynaganda» deb nomlangan körik-tanlov ötkazib, hayrli işni boşlab berdi. Oliy öquv yurtlari, litsey, kollejlar va maktablarda tanlovning birinçi bosqiçlari ötkazilib, ğoliblar asosiy bellaşuvga yiğildilar.

Z. M. Bobur nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatrida tanlovning asosiy bellaşuvi bölib ötdi.
Natijalarga köra, Andijon davlat universiteti «Eng yaxşi jamoa», Andijon qişloq xöjaligi instituti jamoasi «Eng yaxşi yigitlar raqsi», xalq ta'limi boşqarmasi dastasi «Eng yaxşi qizlar raqsi» nominatsiyalariga loyiq topildilar. Şuningdek, tanlovda «Eng yoş iştirokçi», «Eng yaxşi baletmeyster», «Eng yaxşi liboslar» kabi nominatsiyalar ğoliblari ham aniqlanib, viloyat hokimining faxriy yorliği hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.

Tanlov sönggida viloyat hokimining birinçi örinbosari Muhammadjon Nişonov sözga çiqib, tanlov iştirokçilarini qutladi.
Tadbir iştirokçilari «Andijon polkasi» kuyini yaratgan san'atkor, Özbekiston Xalq artisti Orif Toşmatov qabrini ziyorat qildilar.

Elmurod ERMATOV, Andijon







