Audi kompaniyasi Ingolştadtdagi yopiq anjumanida ikkinçi avlod A5 kupesi hamda uning S5 sport versiyasini taqdim etdi. Uning taşqi körinişi, bir qaraşda A4ning sönggi modeliga öxşab ketadi. Avtomobil, keng ommaga oktabr oyida bölib ötadigan Parij motor şousida namoyiş etiladi. Audi A5 va S5 şu yilning kuzidan boşlab sotuvga çiqariladi. 

Garçi taşqi köriniş jihatidan unçalik ham sezilarli özgarişlar amalga oşirilmagan bölsa-da, uning texnik xususiyatlari borasida bunday deyiş notöğri bölar edi. A5 MLB modifikatsiyalangan platforma negizida barpo etiladi, uning konstruksiyasida yengil metall va qotişmalardan foydalanilgani bois, avvalgisidan 60 kg yengilroq bölgan. 

Maşina Yevropa bozorida beş xil dvigatel bilan taklif etiladi. Bular, ikkita TFSI benzinli, 3ta TDI turbodizelli dvigatellaridir.