Buyuk Britaniyaning Daily Mail gazetasi eng maşhur «soxta» qadamjolar röyxatini e'lon qildi. Gazetaning qayd etişiça, bu yodgorliklarni qurşab olgan afsonalar ularning haqiqiy tarixi bilan kam hollardagina mos keladi.
Jumladan, «Qiroliçaning maxfiy xizmatida» (1969) filmidagi Şveytsariyaning Şiltxorn çöqqisida joylaşgan Piz Gloria restoranini misol qiliş mumkin. Film suratga olingunga qadar, quriliş işlari tugallanmagan edi. Biroq işlab çiqaruvçi kompaniya işni yakunlaşga moliyaviy kömak ajratadi va restoran Jyeyms Bond uçun tabiiy makonlardan biriga aylanadi.


Şuningdek, röyxatga Jonni Depp iştirokidagi «Uyqudagi vodiy» filmi hamda xuddi şu nomli serial orqali tanilgan Nyu-Yorkning Slipi-Hollou qişloği ham kiritildi.


Bundan taşqari, reytingda Jyeyms Hiltonning «Yöqotilgan ufq» asarida öylab topilgan Şangri-La mamlakati ham mavjud. 2001 yilda Xitoyning Çjundyan şahri aynan şunday nomni olgan.


Gazetada yozilişiça, öylab topilgan yoki «soxta» diqqatga sazovor joylar orasida Kvay (Tailand) daryosidan ötuvçi köprikni ham uçratiş mumkin. Bu haqida Per Bulning kitobida aytib ötilgan, ammo real hayotda Kvay daryosining ustidan heç qanday köprik ötmagan. Yozuvçiga Ikkinçi jahon uruşida qurilgan Mekong daryosidan ötuvçi köprik ilhom bağişlagan va oqibatda asar hikoyasiga mos kelişi uçun daryoning bir qismini qayta nomlaşga töğri kelgan.














