Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tan olinmagan Qoraboğ respublikasi tarixan Ozarbayjonning bir qismi sanalişini ta'kidladi.
"Qoraboğ tarixdan bizning hududimiz va biz buni doimo isbotlaşda davom etişimiz kerak. Armanlar Qoraboğga 19 asrda Erondan va Şarqiy Anatoliyadan köçirib ötkazilgan. Armanlarning Qoraboğga köçirilganiga 150 yil tölgani munosabati bilan örnatilgan yodgorlik ham bölgandi. Ammo uruş vaqtida ular bu yodgorlikni buzib taşlaşgan", deydi Aliyev.
U Toğli Qoraboğ Ozarbayjonga tegişli ekanini isbotlovçi kitoblar, xaritalar hamda ilmiy-tahliliy işlarga ega ekanini qöşimça qilgan.







