Yuta universiteti tadqiqotçilari köz raki yoki retinoblastoma kabi davolaş qiyin bölgan zararli ösimtalarni davolaşning yangi usulini işlab çiqişdi. Yaratilgan dori vositasi saraton kasalliklarining tarqalişi va ösişiga turtki böluvçi oqsilni bloklaydi. Uşbu tadqiqotga bağişlangan maqola Cancer Cell jurnalida çop etilgan. 

Retinoblastomaning avj olişi ARF6 oqsilini kodlovçi Gαq genining mutatsiyasi bilan boğliq. Bu birikma ösimtaning ösişiga sabab böluvçi bioximik signallarning tarqalişida muhim rol öynaydi. Olimlar Gαq genining mutatsiyasi zararsizlantirişning usulini topişdi.

Olimlarning ta'kidlaşiça, ARF6 funksiyalarini bloklaş nafaqat retinoblastomani davolaşda yordam beradi, balki zararli ösimtalarning boşqa turlari - teri saratoni, boş miya saratoni yoki buyrak saratonini davolaşda ham katta ahamiyatga ega böladi.

Siçqonlarda ötkazilgan tadqiqot natijalari şuni körsatdiki, 11ta holatdan 6tasida yangi preparat ösimta paydo bölişining oldini oladi.