Fransiyaning Louis Vuitton modalar uyi Escale Spin Time soatlari yangi modelini yaratdi. Soatlarda vaqtni körsatib turuvçi millar yöq, siferblatda esa mitti dengiz bayroqçalari aks ettirilgan. Bu haqida Luxurylaunches ma'lum qildi.
Bayroqlar - aylanib soatni körsatib turuvçi kiçik kubiklarda tasvirlangan, daqiqalarga esa spidometr manerasida işlab çiqilgan mil mas'ul. Model ikki variantda yaratilgan: puşti tilla va titanli oq tilladan. Soatning harakatlaniş zaxirasi 42 soatni taşkil qiladi, model alligator terisidan yasalgan tutqiçda sotiladi.

Soat narxi hozirça oşkor etilmadi, sotuvga yil oxiriga qadar çiqişi kutilmoqda.
Louis Vuitton — 1854 yilda Fransiyada sandiq va yöl sumkalari ustasi Lui Vyuitton tomonidan asos solingan kompaniya. Kompaniya erkaklar va ayollar uçun aksessuarlar, liboslar, poyabzallar, soatlar va zargarlik buyumlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Bugungi kunda kompaniya LVMH xalqaro xoldingi tarkibiga kiradi.







