Quvnoq va zukko, iqtidorli va pozitiv yoşlarni jamlagan Özbekiston KVN oilasi uçun may oyining oxirgi yakşanbasi ğaroyib syurpriz bilan keldi. Yoşlar, san'at, madaniyat va boşqa ijtimoiy sohalarni qöllab-quvvatlaşga bel boğlagan Murad Buildings KVNçilar uçun Toşkent böylab sayohat va kompaniyaning ajoyib loyihalaridan biri “Gulsaroy” majmuasida unutilmas keçani taşkil etdi. Bu haqda loyiha qatnaşçilaridan biri blogida hikoya qilinadi.

"Toşkentning ikki qavatli avtobuslari öz tarixidagi eng yumorga boy suhbatlar, hazil-huzullar va kulgilarga mezbonlik qilgan bölsa kerak. Axir bugungi ekipaj Özbekiston KVN öyinlari iştirokçilari! Bu klub 25 yildan beri minglab yoşlar uçun özlarining sözamollik, hozirjavoblik va aktyorlik mahoratlarini namoyiş etiş, tengdoşlari bilan birga qizğin ijod qiliş va döstlar orttiriş maydonçasi bölib kelyapti", deydi bloger öz hikoyasida.

Dabldeker avtobuslarining yönaliş xaritasidan poytaxtning eng közga köringan manzillari: Şahidlar xotirasi maydoni, Minor masjidi va Hazrati Imom majmuasi örin olgan. Iştirokçilar sayohat bahonasida diqqatga sazovor joylar haqida köproq ma'lumot olişdan taşqari, esdalik suratlariga tuşişdi.

Şu kuni qizil avtobuslar marşruti biroz özgargan. Hazrati Imom ziyoratgohidan keyin avtobus şaharning Olmazor tumanidagi mavzelaridan birida qad kötargan möjaz “Gulsaroy” turar-joy majmuasi tomon harakatlandi.

Uşbu maskan törtta beş qavatli binodan taşkil topgan. Binolardan birining pastki qavati supermarket uçun möljallangan. Zamonaviy köp qavatli uylar ayvonlari va hovli böylab gullar, binolar toqida esa xalqda baraka ramzi hisoblangan uzunqanot quşlar uçun uyçalar örnatilgan. Ba'zi xonadonlari panjaralarida uy sotilganiga işora qiluvçi e'lonlarni köriş mumkin.

Iştirokçilar uçun taşkil etilgan dasturxon atrofidagi iliq suhbatdan keyin kompaniyaning binokorlik sohasida amalga oşirayotgan işlari haqida tadbir mezboni Murod Nazarov ma'lumot berdi.

“Gulsaroy”dagi maxsus ekskursiya davomida kompaniya rahbari Murad Buildings’ning asosiy vazifalaridan biri haqida töxtaldi: “Biz Özbekistonda zamonaviy, qulay va yuqori sifatli uylar qurilişi rağbatlantirilişini maqsad qilganmiz”, — deydi u.