2 iyun kuni Avstriya poytaxti Vena şahrida OPeK konferensiyasi oçildi. Unda Nigeriya vakili OPeKning yangi boş kotibi böldi.
Reuters agentligining xabariga köra, kartelga Nigerian National Petroleum Corp. (NNPC) sobiq rahbari (2009-2010 yillar) Muhammad Barkindo boş kotib etib saylangan.

Barkindo özining yangi lavozimida 1 avgustdan işga kirişadi va 3 yil davomida şu lavozimda faoliyat körsatadi.
OPeKning amaldagi raisi, 2007 yildan buyon şu lavozimda işlab kelgan Abdulla Salim al-Badrining vakolati dekabrda tugagandi, ammo yangi boş kotib nomzodi böyiça kelişuvga erişilmagani bois u 2016 yilning iyunigaça boş kotib vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi.
OPeKning keyingi, 170-majlisi şu yilning 30 noyabrida Vena şahrida bölib ötadi.







