Tailand milliy parklar departamenti xodimlari, Kançanaburi provinsiyasi Vat Pa Luangta Bua "Yölbars ibodatxonasi"da olib borgan tekşiruvlar natijasida, spirtli şişa idişlarga solingan 30ta yölbars bolalari, mingdan ortiq yölbars terisi va suyuklaridan yasalgan tumorlarni musodara qilgan. Tailand milliy televideniyesi uçinçi kanali şu haqda ma'lum qilgan.
Kançanaburi sudining mazkur ibodatxonada tintuv ötkaziş böyiça buyruğini olgan Departament va politsiya xodimlari, 1 iyun kuni, monastir oşxonasining muzlatgiçida yoş yölbarsçalarning 40ta nimtalanmagan göştini topişgan edi.
Bir kun ötib, hukumat vakillari, ibodatxonadan çiqişda pikap maşinasini töxtatganida, katta yoşli yölbarsning ikkita terisi va mingdan ortiq teri va suyaklardan yasalgan tumorlari borligini aniqlaşgandi. Maşina haydovçisi va rohib qölga olingan.
3 iyun, ya'ni juma kuni ötkazilgan tintuv çoğida esa, "Yölbars ibodatxonasi" beş kunligida yirik spirtli idişlarga solingan 30ta yölbars bolasi göşti topildi.







