Twitter ijtimoiy tarmoğida Ukrainaning rasmiy akkaunti paydo böldi, deb xabar bermoqda "112 Ukraina".

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifaning haqiqiyligi tasdiqlangan va akkauntning haqiqiyligini tasdiqlovçi "galoçka"ga ega. Hozirda sahifa 2 mingdan köproq obunaçiga ega, "Ukraina" sahifasining özi esa Litva, Polşa va Kanada akkauntlariga obuna bölgan.

"Kanada va Polşa, 1991 yilda bizning mustaqilligimizni birinçi bölib tan olganingiz uçun rahmat! 2016 yilda bizning birinçi obunaçilarimiz bölişga qanday qaraysiz?", deyilmoqda Ukrainaning rasmiy saytidagi birinçi postda.