Gollandiyaning Eyndxoven texnologik universitetining (ETU) talabalari guruhi sentabr boşida Yevropa-Eron-Turkmaniston-Özbekiston-Qirğiziston-Qozoğiston-Xitoy yönalişi böyiça motopoyga taşkil qilmoqçilar.
Yurtimiz hududi böylab ötadigan motopoyga doirasida iştirokçilar Buxoro, Samarqand, Namangan davlat universitetlari va Turin politexnika universiteti talabalari va öqituvçilariga özlarining "STORM Puls" innovatsion elektr mototsikllarining taqdimotini ötkazişmoqçi. Şuningdek, şunday tadbirni Toşkent politexnika muzyida taşkil qiliş rejalaştirilmoqda.
"STORM Eyndxoven" jamoasi ETUning 23 nafar talabasidan iborat. Ular tomonidan innovatsion akkumulyator bloki bilan jihozlangan "STORM Puls" elektr sayyohlik mototsikli yaratilgan. Motosikl akkumulyator bloki yordamida qayta quvvatlaşsiz 380 km gaça yura oladi. Guruh dunyo böylab 80 kunlik sayohat uyuştirmoqçi.
Jamoa butun dunyo böylab muqobil energiyadan foydalanişni tarğib qiliş maqsadida OAV orqali motopoyga va taqdimotlarga e'tiborni qaratmoqçi.







