Mamlakat poytaxti Karakasda, yuzlab namoyişçilar «Bizga yegulik kerak» şiorlari bilan prezident saroyi qarşisida töplanişdi. Tartibni saqlaş kuçlari ularga qarşi yoş oqizuvçi gazdan foydalangan, deb xabar qilmoqda Reuters.
Şahar tumanlaridan birida dökonlar oldida köpsoatli navbatlar, ğarazgöylar oziq-ovqat töldirilgan yuk maşinasini öğirlaşga uringanlaridan söng, tartibsizliklarga aylanib ketgan.
Namoyişçilar, davlat rahbari Nikolas Maduroning rasmiy qarorgohi Miraflores saroyiga yöl olişgan. Bu yerda ularni milliy gvardiya bölinmalari qarşi olişgan. Harbiylar, namoyişçilar tödasini tarqatib yuborişgan.
Ta'kidlaş joizki, Venesuelada iqtisodiy va siyosiy inqiroz davom etmoqda. Mamlakatning asosiy valyuta manbasi bölgan neft narxining tuşib ketişi vaziyatni tamoman izdan çiqardi. Mahalliy hukumat, elektr energiyasini tejaş maqsadida, byudjyet taşkilotlari uçun iş kunini haftasiga 2kungaça qisqartiriş kabi keskin çoralar körişga majbur böldi. Bundan taşqari, oziq-ovqat va dori-darmonlar tanqisligi ham kuzatilayapti.
Davlat rahbari Maduro esa, bu kabi vaziyatda "AQŞ imperialistlari va içki duşmanlar"ni ayblagandi.







