May oyida Toşkentning ikkilamçi uy-joy bozoridagi  örtaça narx aprel oyiga qaraganda 2 foizga - 1 kvadrat metr uçun 623 dollardan 609 dollargaça pasaydi. Bu haqida "Gazeta.uz" taqdim etgan CREDO MAX ESTIMATION baholaş taşkilotining ma'lumotidan bilib oliş mumkin.

Panel tipdagi uylar xonadonining "bir kvadrati" narxi 574 dollarni taşkil qildi, aprel oyida esa uning bahosi 590 dollar qilib belgilangan edi (-3), ğiştli uylarda esa örtaça narx 652 dollardan iborat bölib, bu aperl oyidagi 663 dollarga nisbatan 2 foizga kam. 

Taklif etilayotgan narx undagi xonalar sonidan kelib çiqib, bir xonali uylarda - 610 dollar (-2 foiz), ikki xonali uylarda -  593 dollar (-3 foiz), uç xonali uylarda - 611 dollar (-2 foiz), tört xonali uylarda - 630 dollar (-3 foiz) va köp xonali uylarda - 605 dollar (-2 foiz)ni taşkil etdi. 

May oyida örtaça narxning pasayişi Toşkentning 11ta tumanidan 8tasida kuzatildi. Narxlarning kötarilişi esa Olmazor, Mirobod va Yunusobod tumanlarida qayd etilgan, bu yerlarda uy-joy bahosi aprel körsatkiçlari darajasida qolgan. 

Şahar hududlaştiriş jihatidan kelib çiqib (yer soliqlari şunga muvofiq belgilanadi) narxlar barça hududlarda pasaygan deyiş mumkin (jadval).

Şahar markazida narxning örtaça darajasi may oyi uçun 1 kvadrat metrga 779 dollarni taşkil etdi. 

Birinçi doira segmentida (2-4- hududlar) 1 kvadrat metr narxi 583 - 655 dollar atrofida bölgan, ikkinçi doira segmentida (5-9-hududlar) - 498 - 595 dollar, Sirğali va Bektemir tumanlarining 10-hududi  - 474 dollar.