AQŞning birinçi xonimi Mişel Obama Nyu-York şahar kollejida bitiruvçilar bilan uçraşuvda AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod  Donald Trampni qoraladi, deb yozmoqda The New York Times naşri.

AQŞ prezidenti Barak Obamaning rafiqasi milliarderning nomini oçiqçasiga aytmadi, biroq uning kinoyali gaplaridan gap Tramp haqida ketayotganini anglaş mumkin bölgan, deb ta'kidlamoqda naşr. Obama "qörqitiş, butun bir guruh odamlarni yomon otliq qilişdan foydalanuvçi yetakçilar boşqa taklif qiladigan narsalari yöqligi sababli doimo şunday qilişlarini" ta'kidlab ötgan.

"Biz Amerikada öz qörquvlarimizga yengilmaymiz. Biz odamlarni tutib turiş uçun devorlar qurmaymiz, çunki bizning buyukligimiz boşqa yerda tuğilib, biroq davlatimizni topib, uni öz uyiga aylantirganlardan boğliq bölgan", deb murojaat qildi Mişel Obama Nyu-Yorkdagi eng yoşi uluğ kollej bitiruvçilariga.

Bu Mişel Obamaning AQŞ birinçi xonimi sifatida bitiruvçilar tantanali tadbiridagi oxirgi çiqişi böldi.

Avvalroq butun jahonga taniqli nazariyotçi fizik Stiven Xoking Trampning maşhurligi sababini tuşuntirib bera olmagandi. Olim Trampni jamiyatning eng quyi tabaqalarini öziga jalb qila oluvçi safsataboz deb atagan.