Bugun, 3 iyun kuni Özbekiston Milliy olimpiya qömitasida an'anaviy tarzda ötkazib kelinadigan “Olimpiya kuni” sport bayrami keng nişonlandi. 

Xalqaro olimpiya qömitasi şafeligi hamda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi taşabbusi bilan taşkil etilgan tadbirda Madaniyat va sport işlari vazirligi, Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi hamda Olimpiya sport turlari böyiça federatsiyalar rahbarlari, tört yillikning eng yirik sport bayramida vatan şarafini munosib himoya qilib, sovrinli örinlarni qölga kiritgan sportçilar, şuningdek, “Olimpiya kuni”da qatnaşiş istagini bildirgan 5 yoşdan qariyib yuz yoşgaça bölgandar, OAV xodimlari jam böldi.

Bu yilgi “Olimpiya kuni” bir qator jihatlari bilan avvalgilardan yaqqol ajralib turdi. Jumladan, iştirok etiş istagida bölganlar sonining köpligi bilan (1000 nafardan ziyod). Qatnaşçilar turli masofalarga ötkazilgan yuguriş musobaqalari bilan birga, sportning boks, taekvondo (WTF), dzyudo, velosport, stol tennisi, yengil atletika va kamondan otiş turlari böyiça öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazdi. 

Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi hududida ötkazilgan musobaqalar 21 ta guruhda ötkazilib, 5 yoş va undan katta bölgan iştirokçilar turli masofalarga (50 metrdan 1609 metrgaça) yuguriş böyiça bahs yuritdi.

Öttiz nafardan ziyod ijodkorlar iştirokida bölib ötgan musobaqada “Turkiston-press” axborot agentligi xodimi Şahzod Törayev marra çiziğiga birinçi bölib yetib keldi. 

“Olimpiya kuni” dunyoda eng ommaviy tarzda nişonlanadigan sport bayramlaridan biri hisoblanib, har yili Xalqaro olimpiya qömitasiga a'zo 206 davlatda ötkaziladi. Tadbirni ötkazişdan közlangan asosiy maqsad – aholi orasida soğlom turmuş tarzini hamda olimpizm ğoyalarini keng tarğib etiş, katta-yu, kiçik qalbida jismoniy tarbiya va sportga bölgan mexrni yanada yuksaltirişdan iboratdir. 

«Olimpiya kuni»ning barça iştirokçilari Xalqaro Olimpiya qömitasining maxsus sertifikatlari bilan taqdirlandi.