Vengriyaning Debretsen şahrida görkovlar örtasida milliy musobaqa bölib ötdi.
Reyter axborot agentligining ma'lum qilişiça, çempionatda 18 ta juftlik iştirok etdi. Musobaqa iştirokçilari uzunligi 2 metr, eni 80 sm, çuqurligi 160 sm bölgan qabrni kim tezroq kavlaşga bahslaşişdi. Musobaqa ğoliblari bu işni yarim soatdan kamroq vaqtda uddalaşga muvaffaq bölişdi. Endi ular Çexiyada bölib ötadigan xalqaro musobaqaga yöl olişadi va u yerda Polşa, Slovakiya va Çexiya vakillari bilan bellaşişadi.
Vengriya görkovlar uyuşmasida ta'kidlanişiça, bunday çempionatning ötkazilişidagi heç qanday "jirkanç" narsa yöq, boz ustiga u bu kasb nufuzini oşiradi. Bundan taşqari, bu tadbir yoşlarni maydonlarning kiçikligi sababli maxsus texnikani qöllaş imkoni yöqligi sababli qabrlarni qölda kavlaşga töğri keladigan qabristonlarda işlaşga jalb qiladi, degan fikr mavjud.







