AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining USS Porter (DDG 78) raketa taşuvçi kemasi (esminets) 6 iyun kuni Qora dengizga kiradi. Bu haqda AQŞ Harbiy-dengiz floti saytida xabar berilgan.

Xabarda aytilişiça, esminets Qora dengiz hududida "tinçlik va barqarorlikni saqlaşga kömak beriş maqsadida" faoliyat olib boradi.

"AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining mazkur Porter nomli kemasi Atlantic Resolve operatsiyasi doirasidagi vazifalarni bajaradi. Qöşma ştatlar NATO a'zolari bölgan ittifoqçilarning hamda Yevropadagi hamkorlarning xavfsizligini ta'minlaşda öz kömagini körsatişda davom etadi", deyilgan flot sayti xabarida.

2015 yilning dekabrida AQŞning USS Ross raketa taşuvçi kemasi va Ukraina harbiy-dengiz kuçlarining «Getman Sagaydiçniy» fregati Qora dengizda maşğulotlar ötkazgan edi.

1936 yilning 21 iyulida Sobiq Ittifoq, Turkiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Bolgariya, Ruminiya, Gretsiya, Yugoslaviya, Avstraliya va  Yaponiya kabi bir qator davlatlar tomonidan imzolangan Montryo konvensiyasiga köra, Bosfor va Dardanell böğozlaridan barça kemalarning erkin ötişi kafolatlangan. Qora dengizi atrofida joylaşmagan davlatlar kemalari dengiz hududida bölişi muddati 21 kun etib belgilangan.