Ispaniya termasi Yevropa çempioni sifatida qöşni Fransiya tomon öz titulini saqlab qoliş uçun yöl oladi.
Tajriba
Mayli, bukmekerlar Yevro çempionligini Fransiya yoki Germaniya oladi, deb fol oçaversin, lekin Ispaniyada musobaqaning asosiy favoritlaridan muhimroq bölgan jihat mavjud. Bu ham bölsa, uning juda katta tajriba maktabiga egaligidir.
«Qizil furiya» XXI asrning eng muvaffaqiyatli jamoasiligi heç kimga sir emas. Ular söngi olti yil davomida ikki marta Yevropada va bir bor jahonda tengsiz bölişgan. Ispanlar ayni payt qit'a çempionligi titulini himoya qiliş uçun yonib turibdilar.
Bundan tört yil oldingi “Kiyev jangi”dan söng Boske jamoasida biroz özgarişlar böldi. «Seleson»larning öşa paytdagi oltin avlodidan adaşmasak, ön kişi hozirgi tarkibga kiritilgan. Fransiyaga yöliga yetolmagan ikkita taniqli futbolçilar bor: Puyol va Xavi. Biri - faoliyatini tamomlagan bölsa, ikkinçisi butsasiga mix axtarib yuribdi. Biroq, Kasilyas, Ramos, Pike, Inesta, Buskets va Pedrolar hali ham safda.
Ispaniya nufuzli futbol forumida “eng qari” jamoalardan biri sifatida qatnaşadi. Yevro-2012 va JÇ-2014 bilan soliştiradigan bölsak tarkibning örtaça yoşi bir yarim yilga oşgan (28,1 yoş). Lekin, ularni “fahriylar jamoasi” deganlar adaşişadi. Jamoada 30dan ötgan ikkita öyinçi bor: Kasilyas va Aduritsa. Qolganlar esa eng gullagan yoşdalar.
Öziga bölgan işonç
Ispan futboli yangi yuz yillikda nafaqat terma jamoalar, balki klublar borasida ham hammadan oldinda. 2006 yildan buyon Primera vakillari çempionlar Ligasida sovrinini olti marta(“Barselona”-4, “Real”-2) va Yevropa ligasida yetti marta ğalaba qozongan. Körib turganingizdek, ispanlarda ğoliblik ruhiyati barça termalarnikidan ustunroq.
Ğurur
Pireneya orolida hali ham ikki yil oldin Braziliyada bölgan ayançli holatni heç kim tahlil qila olmayapti. Jahon çempionati guruh bahsidan söng ular tomon yoğilgan turli haqoratlarning çeki yöq, edi. Mutaxassis va işqibozlar nega unday bölganligi haqidagi jumboqni oxiriga yeta olmay, garang. Ba'zilarni fikriça, jamoa liderlari öz klublarida haddan taşqari köp öyin ötkazgani uçun sillasi qurigan, yoki öziga ortiqça işonib, raqibni mensimaslik ispanlarni mağlubiyat köçasiga yetaklagan. Endi del Boske şogirdlari Fransiyada Vatan oldida özlarini oqlaş uçun ğururini işga solib, bor kuçi bilan harakat qilişlari aniq.







