Germaniya Rossiyani sheriklar ro‘yxatidan olib, raqiblar qatoriga qo‘shdi
Endilikda Rossiya Germaniyaga hamkor emas, raqib sanaladi.
Germaniya hukumati "Oq kitob"ga o‘zgartish kiritgan va unga ko‘ra, Rossiya Germaniyaning raqibiga aylangan. Bu haqda Die Welt nashrida yozilgan.
"Oq kitob"ning yangi tahririga ko‘ra, vazirlar mahkamasi Rossiya bundan buyon Germaniya uchun "do‘st emas, raqib ekani" aytilgan.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida xavfsizlik sohasida chuqur o‘zgarishlar yuzaga kelgani qayd etilgan. Rossiya o‘z siyosiy manfaatlari yo‘lida zo‘ravonlik vositalaridan foydalanayotgani keltirilib, Donbass va Qrimdagi ishlar misol qilingan.
Germaniya hukumati "Oq kitob"ga oxirgi marta 2006 yili o‘zgartirishlar kiritgandi.
Bundan oldinroq, Rossiyaga qarshi sanksiyalar yuzasidan Germaniyada turli qarashlar va bo‘linishlar mavjudligi xabar qilingandi.