Afsonaviy boksçi Muhammad Alining vafoti munosabati bilan 4 iyunda uning ona şahri – Luisvillda şahar meri körsatmasi bilan boksçining xotirasiga bayroqlar tuşuriladigan böldi. Bu haqda şahar meri Greg Fişer öz tvitterida ma'lum qildi.

"Muhammad Alining hayoti va işiga hurmat tariqasida barça hukumat binolarida ertalabki soat 10 da barça bayroqlar yarmiga tuşirib qöyiladi", deb yozdi Fişer.

Köplab odamlar, jumladan boşqa boksçilar Alining ölimiga munosabat bildirişdi.

"Tangri öz çempioni bilan keldi. Şunça köp vaqt buyuk böldi", deb yozdi sobiq jahon çempioni Mayk Tayson tvitterda.

Amerikalik boksçi Roy Jons "Mening yuragim qayğurmoqda, biroq şu bilan birga odamlardan eng buyugi afzal olamga ketganidan taskin tompoqda", deb yozdi.

Muhammad Ali AQŞ vaqti bilan 3 iyunda 74 yoşida Finiks şahridagi kasalxonada vafot etdi. Ali 1984 yildan beri Parkinson kasalligidan aziyat çekib kelgan. Alining janozasini Luisvillda ötkaziş rejalaştirilgan.