Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov sport afsonasi, boksçi Muhammad Alining ölimiga öz munosabatini bildirdi. Qodirovning aytişiça, aynan boksçining yutuqlari sababli u bu sportga qiziqib qolgan. Qodirov Instagram’dagi sahifasida yozişiça, u Alining xotirasini abadiylaştirişga qaror qildi.
"Muhammad Ali tufayli men boksçi bölganman, minglab bolalar uçun boks bilan şuğullaniş uçun şaroitlar yaratib berganman. Bugun men Muhammad Ali xotirasini abadiylaştirişga qaror qildim. Men uning nomidagi boks zalini qurdiraman va Grozniydagi köçalardan biri uning nomi bilan ataladi", deb yozdi Qodirov.
Ramzon Qodirov boksçining sportçilik faoliyati bilan boğliq bölmagan xizmatlarida ham töxtalib ötdi.
"Amerikada irqiy tahqirlaş avj olayotgan vaqtda u Vetnamdagi uruşni qoralab va u yerda vahşiylik sodir etayotgan armiyada xizmat qilişdan boş tortib, hukumatga qarşi borişdan qörqmadi. U sayyoramizning eng dono odami edi", deb ta'kidlab ötdi Qodirov.
Muhammad Ali 4 iyunda ertalab Finiks şahridagi şifoxonada vafot etdi. U bir kun avval nafas olişdagi muammolar sababli şifoxonaga yotqazilgandi. Ali özining ona şahri – Kentukki ştatidagi Luisvillda dafn etiladigan böldi.







