O‘zbekiston | 18:39 / 05.06.2016
7289
1 daqiqa o‘qiladi

Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya MDH davlatlari hukumat rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya 7 iyun, seshanba kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari hukumat rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda  O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Yig‘ilishda MDHga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari Hamdo‘stlik doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish