Tutzorda iş boşlagan yangi majmua 1 500 nafar öquvçiga möljallangan maktab va 360 nafar tarbiyalanuvçiga möljallangan maktabgaça taʼlim bölimini öz içiga oladi. Taʼlim jarayonida xorijiy tillar, aniq va tabiiy fanlarni çuqurlaştirib öqitiş hamda xalqaro tajribaga ega pedagoglarni jalb etişga alohida eʼtibor qaratilgan.

Yangi filialda öquvçilar uçun IB (International Baccalaureate) dasturi asosida taʼlim oliş, fizika, kimyo va biologiya fanlarini çuqur örganiş hamda kelajakda tibbiyot yönalişini tanlaşga tayyorgarlik köriş imkoniyatlari yaratilgan.

Özbekistonda farzandi uçun sifatli taʼlim, zamonaviy şaroit va kelajak kasbiga puxta tayyorgarlik izlayotgan ota-onalar soni ortib bormoqda. Taʼlim muassasalari esa bu talabga javoban öz imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Şu yönalişda faoliyat yuritayotgan Vosiq xalqaro maktabi Tutzor mahallasida yangi filialini işga tuşirdi. Yangi öquv maskani maktab va maktabgaça taʼlim majmuasidan iborat.

Maktab 2017-yilda Toşkent şahri Çilonzor tumanidagi Dömbirobod mahallasida öz faoliyatini boşlagan. Maktabning rasmiy maʼlumotlariga köra, şu yil majmua taşkil etilgan.

Tutzor filialining oçilişiga bağişlangan tadbirda Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, tuman hokimi Sardorbek Ergaşev, taʼlim sohasi vakillari, ustozlar, ota-onalar, öquvçilar hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Maktab va maktabgaça taʼlim - bir majmuada

Yangi majmua tarkibida maktab bilan birga maktabgaça taʼlim bölimi ham faoliyat yuritadi. Maktab qismi 1 500 nafar öquvçiga, maktabgaça taʼlim bölimi esa 360 nafar tarbiyalanuvçiga möljallangan.

Bu yerda taʼlim jarayoni bolaning yoşi va rivojlaniş bosqiçiga mos ravişda taşkil etilişi közda tutilgan.

Vosiq Xalqaro maktabining rasmiy maʼlumotlariga köra, taʼlim tizimida öquvçilarning qiziqişlari, ijodiy salohiyati va individual qobiliyatlarini hisobga oliş, muloqot, tahliliy va mantiqiy fikrlaş könikmalarini rivojlantirişga eʼtibor qaratiladi.