5 iyun kuni xonanda Şohruxxon va aktrisa Asal Şodiyevaning nikoh töyi bölib ötdi. 

Dastlab "Versal"ga belgilangan nikoh marosimi keyinçalik Toşkent şahridagi "Osiyo Grand" töyxonasiga köçirildi. 

Avvaliga töyxonaga ikki san'atkorning onalari va oilaning yaqinlari kirib kelişdi.

Töyni xonanda Nilufar Usmonova öz qöşiqlari bilan boşlab, söng yor-yor sadosi ostida kelin va kuyov töyxonaga qadam ranjida qilişdi.

Mustaqil hayotga qadam taşlagan ikki yoşga Özbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva, Uluğbek Rahmatullayev, Asilbek Niğmatov, Botir Qodirov, Jahongir Poziljonov, Özbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova, Şahzoda, Özbekiston Xalq artisti Farruh Zokirov tomonidan iliq va samimiy tilaklar bildirilib, söng birin ketin şöx va raqsbop qöşiqlar kuylandi.

Klipmeyker Narimon Sultonxöjayev tomonidan tayyorlangan "Love story" lavhasi mehmonlar olqişi bilan kutib olindi.

Tohir Sodiqov tomonidan kuylangan "Kel yaşaylik" taronasiga esa keçaning boş qahramonlari vals tuşişdi.

Bazm boşlanişi bilan töyga taklif etilgan şou-biznes vakillari yangi fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylab borişdi.