Ourmine xakerlar guruhi Facebook asosçisi Mark Tsukerbergning Instagram, Twitter, LinkedIn va Pinterestdagi sahifalarini buzganini zimmasiga olar ekan, Mark «dadada» parolidan foydalanganini e'lon qildi, deb yozmoqda Mashable.
Agar, buzğunçilar rost gapirayotgan bölsa, eng yirik internet-korporatsiyalaridan birining yetakçisi 2012 yil me'yori bilan ölçanganda ham juda zaif parol tanlagan hisoblanadi.
Naşrning qayd etişiça, Tsukerberg bilan yuz bergan voqea, köpçilik uçun öziga xos namunadir. Agar siz, internetdagi akkauntlaringiz buzilişini xohlasangiz, Mark kabi zaif paroldan bir neça sahifalarda birdek foydalanib, uni bir neça yil davomida özgartirmasangiz kifoya qiladi.
Hozirça, Facebook kompaniyasi bu xabarni izohlaganiça yöq.
Bundan avvalroq, Tsukerberg sahifalari buzilişi, uning LinkedIndagi şaxsiy ma'lumotlari öğirlangani bois, yuz bergani mumkinligini aytişgan edi.







