"Vizual" ijtimoiy tarmoq Instagram xronologik tartibda «klassik» uslubdagi yozuvlar çiqişini bekor qilib, yangiliklar lentasining şakllaniş tamoyiliga özgartiriş kiritdi.
Endilikda birinçi bölib eng yangi (ya'ni sönggi bor qöyilgan) surat va videolar örniga foydalanuvçilarda köproq qiziqiş uyğotgan (kompyuter algoritmi nuqtai nazaridan) postlar paydo böladi.
Instagram sörov markazida qayd etilişiça, lentadagi postlarning namoyon böliş tartibi xabarlarning öz vaqtida qöyilganligi va sizning post mualliflari bilan özaro aloqalaringiz kabi omillarga boğliq böladi. Sönggi oylarda bu funksiya foydalanuvçilarga özlari istagan surat va videolarni köproq tomoşa qilişlariga yordam bermoqda.
Xizmat ma'lumotiga köra, xronologiya böyiça lenta şakllanişi tartibida foydalanuvçilar 70 foiz postni e'tibordan çetda qoldirib ketişadi. Algoritm tamoyili esa ança samaraliroq bölib çiqdi: "Biz bu usul bilan odamlar suratlarga tez-tez «layk» bosib, köproq izohlar qoldirib, umuman olganda, instagramda yanada faolroq iştirok etişadi, deb hisoblaymiz. Yangi tartib sevimli guruhimizning konsertidan söng olingan videolarni ötkazib yuborişimizga yöl qöymaydi, hattoki, u dunyoning boşqa yerida, özga vaqt mintaqasida sodir bölgan bölsa ham. Qança köp miqdorda akkaunt öqişingiz ham muhim emas, siz doim sevimli döstingiz qoldirgan sönggi postlarni birinçi bölib öqiş imkoniga ega bölasiz», — deyiladi instagramda.







