15:57 / 06.06.2016
12783

OAV: Suriya osmonida ilk marta Rossiyaning Tu-142 samolyoti parvoz qildi

Suriyaning Halab viloyati osmonida Rossiyaning Tu-142 samolyoti ilk marta parvozga chiqqani tasviri paydo bo‘ldi. Bu samolyot razvedka va suvosti kemalariga qarshi kurashish maqsadlarida ishlab chiqilgan.

The Aviationist xabariga ko‘ra, rossiyaliklarning bu samolyoti 5 iyun kuni kuzatuv parvozini amalga oshirgan.

Qayd etish kerakki, bu samolyot AQSh tomonidan O‘rta Yer dengizida turgan samolyot tashuvchi kemasidan 2003 yildan buyon ilk marta Yaqin Sharq hududiga zarba berilishidan keyin parvozga chiqdi.

Nashrning qayd etishicha, bundan avval rossiyaliklar Tu-142 samolyotidan Suriyadagi harbiy harakatlarida foydalanmagandi.

Top