Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqal’a tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro R.S. 3 nafar fuqaroning işonçiga kirib, ularni Dubay şahri va Moldova davlatiga işga yuborişini aytib, 2 000 AQŞ dollari va 4 mln sömni firibgarlik yöli bilan qölga kiritganligi aniqlangan.

Departamentning Yangihayot tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda esa “E.W.” MÇJ rahbari B.U. va boşqalar özaro til biriktirib, fuqaro Ş.L.ning işonçiga kirişgan.

Ular uni migratsiya agentligida işlovçi tanişlari orqali Belarus davlatiga işga yuborişga va’da berib, 500 AQŞ dollari va 1,2 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.